Evro-2016 boshlangandan beri Fransiyada 323 kishi qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016, 15:51
Fransiyaning huquqni muhofaza qilish organlari Yevropa chempionati vaqtida 323 kishini qo'lga oldi, ularning 196 nafari hibsda, 8 nafari esa qamoq jazosiga hukm qilindi.

Marselda qo'lga olingan 43 rossiyalikning 3 nafari bugun sud qarshisida javob beradi. 20 nafar muxlis Fransiyani tark etadi.

Liondagi fan-zonada fransiyalik va belgiyalik muxlislar pichoqdan jarohat olishgani bugun ma'lum bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football