"Everton" Sigurdsson uchun 40 mln. funt taklif qildi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 14:47
"Everton" rahbariyati "Suonsi Siti" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson uchun 40 mln. funt taklif qildi va transfer amalga oshishiga ishonadi.

Islandiyalik futbolchi "irislar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, "Suonsi" Sigurdsson mavsumoldi yig'inga bormasligini e'lon qildi.

Oldinroq "Suonsi" o'z futbolchisi uchun "Everton"dan 50 mln. funt talab qilgani e'lon qilingan edi. "Lester Siti" ham islandiyalikni xarid qilish niyatida. "Tulkilar" 27 yoshli yarim himoyachi uchun 40 mln. funt taklif qildi, ammo rad javobini olishdi.

Sigurdsson hamda "Suonsi" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph