"Everton" Rondon bilan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
17 dek 2022, 12:24
Venesuela terma jamoasining 33 yoshli futbolchisi mersisaydliklar bilan o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.

Shartnoma 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgandi.

Rondon shu paytgacha "Everton" uchun 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Hujumchi joriy mavsum "irislar" safida 8 ta o'yin o'tkazdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: evertonfc.com