"Everton", "Roma" va PSJ "Atletiko" himoyachisi uchun kurashadi

Alisher
5 mar 2021, 16:50
"Atletiko" himoyachisi Santyago Arias bir nechta klublar e'tiborini tortmoqda.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Roma", PSJ va "Everton" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Atletiko" futbolchining sotuvi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Arias joriy mavsumni ijara asosida "Bayer"da o'tkazmoqda. Futbolchi joriy mavsum nemis klubi safida 1ta o'yinda maydonga tushdi. U ayni damda jarohatidan tiklanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker