"Everton" o'z muxlisiga MYU logotipi tushirilgan Barkli futbolkasini yubordi

Aslanov Jasurbek
26 dek 2016, 17:43
"Everton" muxlisi inter-do'kondan jamoa yarim himoyachisi Ross Barkli ismi yozilgan futbolka xarid qildi.

U jo'natmani ochganida nomerga "Manchester Yunayted" logotipi tushirilganini payqadi. Muxlis ushbu formani suratga olib "Tvitter"ga joyladi va "Everton" rahbariyatiga etiroz bildirdi.

"Everton" vakili muxlisdan uzr so'radi va uni jamoaning uy uchrashuvini tekinga tomosha qilishni taklif qildi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror