Everton Lukakuni 65 million funtga sotmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2016
Everton Romelu Lukakuni kamida 65 million funtga sotishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, mersisaydliklar futbolchini "Gudison Park"da olib qolmoqchilar. Shu sababli, ular belgiyalik futbolchining narhini baland qilib belgilaganlar.

Eslatib o'tamiz, hujumchiga Yevropaning ko'plab jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Ular orasida "Real", PSJ, MYU, "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi jamoalar ham bor.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun