

Shunday bo'lsa-da, Mersisayd klubi aniq taklif bilan chiqmagan. Jamoaning kanadalik o'yinchini o'ziga og'dirish imkoniyatlariga yuqori baho berilmayapti. Futbolchining o'zi Yevropaning biror giganti safida o'ynashni istaydi. "Lill" esa asosiy a'zolaridan birini 50 mln evrodan kamiga berib yubormoqchi emas. U bilan tuzilgan shartnoma 2025 yilga qadar amalda bo'ladi.
22 yoshli Jonatan Devid ushbu mavsum Fransiya chempionatida 11 ta bahsda ishtirok etdi va 9 ta gol urib, 2 bor sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ayni damdagi bahosi 45 mln evroni tashkil etadi.


