"Everton" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Alisher
1 dek 2020
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

27 yoshli futbolchini "Everton" ijaraga olmoqchi.

Samuel 2016 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qiladi. Fransiyalik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Umtiti o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo