"Everton" "Arsenal" va "Tottenxem" bilan "Lacio" o'yinchisi Korrea uchun kurashadi

Alisher
26 iyul 2021, 14:50
"Lacio" yarim himoyachisi Xoakin Korrea faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi Italiya klubidan transferi borasida so'radi.

Argentinalik o'yinchi uchun APL klublari da'vogarlik qilmoqda - "Tottenxem" va "Arsenal". Endi kurashga "Everton" ham qo'shildi.

Korrea o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport