Eto’O JCH-2014ning guruh o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2014, 16:09
Kamerun terma jamoasi hamda Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Samuel Eto’O jarohat sabab safdan chiqdi.
Bu haqda Kamerun futbol federatsiyasining marketing va jamoa bilan ishlash bo'limi boshlig'i Lorens Fotso tvittyerdagi sahifasi orqali xabar berdi.

“Eto’O bizning sardor. Lekin u bir hafta dam olishi kerak. Chunki, jarohat o'z so'zini aytyapti”, – deydi Fotso.

Eslatib o'tamiz, hujumchining tizzasida muammolar yuzaga kelgandi. Shu tariqa, Samuel 19 iyun kuni Xorvatiya, 24-sanada Braziliyaga qarshi o'tkaziladigan o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com