Eto’O Messining kelajagi haqida fikr bildirdi

12 mar 2020, 01:49
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytirishiga ishonadi.

"U "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Messi hali "Kamp Nou"da o'ynashga qodirligiga ishonsa, bu ishni amalga oshiradi. O'ylashimcha, u faoliyatini shu yerda yakunlasa kerak", – dedi kamerunlik futbol afsonasi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq argentinalik futbolchi va "Barselona" sport direktori Erik Abidal o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va OAVda Messining klubni tark etishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com