Eto'O Kamerun futbol federatsiyasini boshqarmoqchi

Alisher
22 sen 2021, 09:28
"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Kamerun futbol federatsiyasini boshqarmoqchi.

40 yoshli kamerunlik o'z twitter sahifasida ma'lum qilishicha, u o'z nomzodini ilgari suradi, "Kamerunga bo'lgan muhabbat va futbolimizga bo'lgan ehtiros sabab" deb yozdi va shu qarorga kelganini izohladi.

"Vaqt ketmoqda. Kutish variant emas. Futbolimizni tiklash payti keldi", - deb yozdi Eto'O.

Saylov 11 dekabrda bo'lib o'tadi, 9 yanvarda esa Kamerunda Afrika millatlar Kubogi start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SamuelEtoo