Eto'O: "Anji"ga pul uchun o'tmagandim"

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013, 18:40
"Chelsi" hujumchisi Samuel Eto'O britan matbuotiga intervyu berib, unda hali futboldan zerikmaganini ta'kidladi.

"Meni futboldan charchagan deyishyaptimi? Boylar puldan hech charchashadimi? Men har doim eng yaxshi bo'lishga intilganman. Eng yaxshi bo'lish uchun esa men g'alaba qozonishim va mehnat qilishim kerak. G'alaba qozonish jonimga teksagina faoliyatimni yakunlayman". 

"Anji"ga o'tganimda odamlar buni pul uchun qilganim haqida gapirishdi. Lekin bu xato. Men bu transfyerda o'zim uchun yangi bir chorlov ko'rdim. Jamoani eng yaxshilardan biriga aylantirgim keldi va hammasini shunday qildim ham", dedi Eto'O.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru