Etar, bas! "Barselona yana bir transferni amalga oshirmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018
"Barselona" rahbariyati yozgi transferi oynasi yopilguniga qadar yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Yozgi transfer oynasida Malkom, Artur, Arturo Vidal va Klemen Lenglelarni xarid qilgan kataloniyaliklar jamoaga yana bir o'yinchini qo'shib olmoqchi.

Ko'k-anorranglilar PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olish yo'llarini ko'rib chiqishmoqda. Parijliklar esa o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati uchun transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1