ESPN. Messi qatorasiga ikkinchi yil dunyoning eng yaxshi forvardi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021, 08:10
Amerikaning sportga ixtisoslashgan televizon kanali ESPN bir qator yo'nalishlar bo'yicha yilning eng yaxshilarini aniqladi.

PSJ forvardi Lionel Messi yilning eng yaxshi forvardi deb topildi. U o'tgan yili ham ushbu nomga sazovor bo'lgan.

Ovoz berish jarayoni 77 ekspert o'rtasida o'tkazildi va ularning orasida jurnalistlar hamda sobiq futbolchilar bor edi. 

TOP-10:

1) Lionel Messi ("Barselona"/PSJ, o'tgan yilgi reytingda ham yetakchi);

2) Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"/"Manchester Yunayted", 3);

3) Kilian Mbappe (PSJ, 2);

4) Muhammad Saloh ("Liverpul", 5);

5) Neymar (PSJ, 4);

6) Son Xyon Min ("Tottenxem", 7);

7) Memfis Depay ("Lion"/"Barselona", o'nlikda emasdi);

8) Kay Xavertc ("Chelsi", o'nlikda emasdi);

9) Dushan Tadich ("Ayaks", o'nlikda emasdi);

10) Jerar Moreno ("Vilyarreal", o'nlikda emasdi).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN