Eshli Koul: Mourinyodan minnatdorman

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013
"Chelsi" himoyachisi Eshli Koul klub bosh murabbiyi Mourinyo bilan munosabatlari haqida so'zlab berdi.
"Men undan minnatdorman. Joze "Chelsi"ni tark etganidan buyon inson sifatida o'zgardi deb hisoblamayman. U haqiqiy professional bo'lgani uchun erishgan yutuqlariga qaramay o'z uchtida ishlashda davom etmoqda".

"Unda har doim bir maqsad bo'lgan - g'alaba. Mourinyo qaytganidan barcha futbolchilar xursand. Ishonchimiz komilki, uning murabbiyligi ostida faqat mashg'ulotlarda o'zimizni yaxshi tomondan ko'rsatibgina asosiy tarkibga kirishimiz mumkin".

"Aminmanki, biz yana chempionlik sovrinini o'zimizga qaytara olmaiz", - deydi Koul.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru