Yurgen Gyode O'zbekistonga texnik direktor bo'lib kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2021
O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan germaniyalik mutaxassis yurtimizga qaytishi mumkin.

Xans Yurgen Gyode O'FA texnik direktori sifatida ish boshlashi mumkin. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, barcha 14ta oliy mahorat maktabi akademiyalariga xorijdan murabbiy izlanmoqda.

Ma'lumot uchun, Gyode 2003-2005 yillarda O'zbekiston terma jamoasida dastlab yordamchi, so'ngra bosh murabbiy bo'lib ishlagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia