

Bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston olimpiya termasi posboni ayni paytda Turkiyada bo'lib turgan "Neftchi" safiga borib qo'shiladi.
Darvozabon bugun Instagramdagi sahifasida Turkiyaga uchib ketayotganini rasmini joyladi.

Avvalroq Nazarov "Bunyodkor" bilan Abu-Dabiga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatidan tushib qolgan edi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli darvozabon Aziz Haydarov iste'foga chiqarilganidan keyin "qaldirg'ochlar" safidan ketgan. U 7 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgan edi.



