Eshitdik-da! Usmon Toshev “Andijon” bosh murabbiyi bo'ladi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2017, 10:48
Ayni paytda birinchi ligada to'p tepayotgan "Andijon" jamoasi 14 o'yindan keyin 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda.

Jamoa 4 turdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan edi. Kecha "Andijon" matbuot xizmati klubda navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, klubda murabbiy o'zgaradi. "Andijon"ni Usmon Toshev qabul qilib oladi. Tomonlar o'zaro kelishib olishgan va faqat rasmiy shartnoma tuzish qolgan. Toshev bugun kechki payt Andijonga boradi va jamoaga tanishtiriladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia