

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra "Surxon" klubi hujumchisi Ulug'bek Hoshimov ikkinchi davradan "Paxtakor" safida harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Ulug'bek Hoshimov ushbu mavsum "Surxon" tarkibida Superliganing 11 uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol va bitta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi ushbu mavsum boshida "Neftchi" klubidan "Surxon"ga o'tgandi.




