Eshitdik-da! Sanjar Rashidov "So'g'diyona" mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
5 may 2018
Qarshining "Nasaf" yarim himoyachisi Sanjar Rashidov klubni tark etdi.

Eshitishimizga qaraganda futbolchi ayni paytda Jizzax klubi mashg'ulotlariga borib qo'shilgan va katta ehtimol bilan ikkinchi davradan boshlab yana sobiq klubi safida o'ynay boshlaydi.

Yil boshida "So'g'diyona"dan "Nasaf"ga ko'chib o'tgan Rashidov Qarshi klubi safida o'z o'yinini topa olmadi. Sanjar Superligada "ajdarlar" safida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

9-turda "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev futbolchi haqida berilgan savolga quyidagicha javob berdi: "Sanjar Rashidov bilan og'zaki kelishuvga erishdik, u jamoamizni tark etadi. Afsuski, Rashidov jamoamiz o'yiniga kirishib keta olmadi. Ko'proq zaxirada qolib ketgani, uni ham bizni ham qoniqtirmaydi. Bu yoshdagi futbolchi o'yini qovushadigan jamoada faoliyat yuritgani maqulroq".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia