Eshitdik-da! Samvel Babayan Xitoy klubiga ketmoqda

Narzulla Saydullayev
30 noya 2019
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Samvel Babayan faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Eshitishimizga qaraganda bugungi "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi Babayan uchun "temiryo'lchilar" ustozligidagi so'nggi uchrashuv bo'ladi. Katta ehtimol bilan O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq ustozi Xitoy jamoalaridan birida ish boshlaydi.

Bu haqda bosh murabbiy "Paxtakor" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida rasman e'lon qilishi kutilmoqda.  




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia