Eshitdik-da! "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabi iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2023
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Pro liga ishtirokchisi bo'lgan "Qo'qon-1912" klubi bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z lavozimini tark etdi.

Uning yordamchilari Shavkat Abduxo'jaev va Hislat Chilmatov ham Qo'qon klubini tark etgan.

Eslatib o'tamiz, Davron Fayziev Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida rahbariyatdan uni qo'yib yuborishlarini so'raganini ma'lum qilgandi.

Ayni paytda "Qo'qon-1912" 6ta o'yindan 11 ochko to'plab musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia