

Ma'lumotlarga qaraganda, 29 avgust kuni start oladigan CAFA Nations Cup turniri uchun tarkibni Timur Kapadze shakllantiradi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston musobaqa "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va O'mon termalari bilan to'qnash keladi. "B" guruhida Tojikiston, Eron, Afg'oniston va Hindiston bilan bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Timur Kapadzening terma jamoa bilan hozirgi shartnomasi noyabrga qadar amal qiladi.
Avvalroq OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida o'rtoqlik o'yinlarida yangi futbolchilarni sinab ko'rishini ma'lum qilgan edi.


