Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida AQSHdan tashqari, Meksika bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Administrator
26 iyun 2023, 01:17
Shimoliy Amerikaning ikki terma jamoaci O'zbekistonning sentyabr oyidagi yig'inlarida jamoamizga raqiblik qilishadi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv ham Shimoliy Amerika qitasida o'tkaziladi.

Avvalroq, "Eshitdik-da!" rukni orqali milliy jamoamiz AQSH termasiga qarshi 9 sentyabr kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazishini xabar qilgandik. Aynan ushbu yig'in doirasida Meksikaga qarshi uchrashuv ham o'tkaziladi. 

Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi AQSHga qarshi o'ynaydi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia