

Bizga ma'lum bo'lishicha, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi aprelda Ispaniyada yig'in olib boradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, terma jamoa 15 apreldan Toshkentda yig'iladi.
Avvalroq bo'lajak Jahon chempionatiga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 termasi Braziliyaga qarshi o'ynashi mumkinligi aytilgan edi.



