Eshitdik-da! "Neftchi" bosniyalik hujumchini jalb qilmoqchi, ilk taklif rad etildi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023, 13:20
"Neftchi" tranfser oynasidan unumli foydalanib, tarkibni kuchaytirmoqchi.

Farg'ona klubi shu maqsadda bosniya va gertsegovinalik hujumchi Mirsad Ramichga taklif bilan chiqdi. Ammo ilk taklifga futbolchi tomonidan rad javobi berildi. 

30 yoshli Ramich so'nggi mavsumni "Igman" Konich jamoasida o'tkazgan. U faoliyati davomida faqat Bosniya va Gertsegovina klublarida harakat qilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Neftchi" yana boshqa hujumchilar variantini ko'rib chiqishda davom etadi.

Avvalroq "Neftchi" "Turon" a'zosi Quvondiq Ro'zievga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia