Eshitdik-da! "Navbahor" "Paxtakor" futbolchisini o'z safida ko'rmoqchi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2022, 10:54
Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsum uchun selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

"Navbahor" jamoasi O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblangan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Gap "Paxtakor" markaziy himoyachisi Doston Tursunov haqida ketmoqda. Namangan klubi "Rubin"ga ketgan Rustam Ashurmatovning o'rniga munosib o'rinbosar izlamoqda. "Navbahor" vakillari allaqachon 27 yoshli o'yinchi bilan aloqaga chiqishgan.

O'tgan mavsum poytaxtliklar safida sport formasini tiklagan va mavsum so'nggida asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib olgan Tursunov "sherlar" safida qoladimi yoki Namanganga ketadimi,buni vaqt ko'rsatadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia