Eshitdik-da! Mirjahon Mirahmadov - "Paxtakor" futbolchisi

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021
Hujumchi shaharni emas, jamoani o'zgartiradi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda hujumchi Mirjahon Mirahmadov "Bunyodkor"dan "Paxtakor"ga o'tgan.

1997 yili tavallud topgan yosh futbolchi o'tgan mavsumda 20 o'yinda maydonga tushib, 8 gol urdi. Katta ehtimol bilan yaqin kunlar ichida "Paxtakor" ushbu transferni e'lon qilishi kutilmoqda.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia