⚡️ Eshitdik-da! Miladinovich kelsa, Shackix "Paxtakor" murabbiyiga aylanadi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2022
Avvalroq, “Paxtakor” sobiq futbolchisi Boyan Miladinovich “sherlar” sport direktori lavozimida ish boshlashi kutilayotgani haqida xabar bergandik.

Hozirda mazkur lavozimda Maksim Shackix faoliyat olib bormoqda. Miladinovich kelgan taqdirda Shackix “Paxtakor” murabbiyiga aylanishi mumkin.

43 yoshli o'zbekistonlik bungacha “Dinamo K” hamda “Rotor”da murabbiy assistenti sifatida tajriba to'plagan.

Oldinroq, “Paxtakor” makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneski bilan shartnomani bekor qilgandi. Uning tovon puli esa “Torpedo”ga o'tgan Hojimat Erkinovning transfer summasi orqali to'lab berilishi haqida yozgandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia