Eshitdik-da! "Lokomotiv"ning yana bir sobiq futbolchisi "Qizilqum"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
24 yanv 2022, 23:47
"Qizilqum" o'z jamoasini tajribali futbolchilar bilan to'ldirishda davom etadi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, 5 mavsum davomida "Lokomotiv" tarkibida harakat qilgan chap qanot himoyachisi Oleg Zoteev 2022 yilgi mavsumni "Qizilqum" tarkibida o'tkazadi.

1 yanvar kuni u Janubiy Koreyaning "Jonnam Dragonz" bilan xayrlashgandi va shundan buyon u jamoasiz bo'lib turibdi. Yaqin vaqtlar ichida u Navoiy jamoasi tarkibiga borib qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia