

Toshkentning "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.
Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, poytaxtning ikki jamoasi FIFA kunlari doirasida roppa-rosa bir haftadan so'ng, 21 mart kuni bellashishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Chempionatning navbatdagi tur bahslari 28 mart kuni boshlanadi.



