Eshitdik-da! "Lokomotiv"ga vaqtincha bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2020, 12:03
Bugun Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Eshitishimizga qaraganda "Lokomotiv"ga Dilshod Nuraliev vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi va bugungi bahsda ham aynan u jamoani boshqaradi. Nuraliev bunga qadar "Lokomotiv" U-21 jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi. "Lokomotiv" U-21 ortda qolgan 11ta tur davomida 2ta g'alaba, 8ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etib 14 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha "temiryo'lchilar" rahbariyati Andrey Fyodorovni iste'foga chiqargan edi

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bugun, 21 avgust kuni soat 18:30da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia