Eshitdik-da! Kenjaboev ham "Navbahor"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
28 noya 2021
Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumdan oldin o'z tarkibini kuchaytirishni boshlab yubordi.

Bugun klub O'tkir Yusupov, Boyan Ciger va Davron Hoshimov bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi. Bundan tashqari "So'g'diyona" yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev bilan kelishuvga erishilgani haqida xabar chiqdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Qizilqum" klubi yarim himoyachisi Islom Kenjaboev yangi mavsumni "Navbahor"da o'tkazadi.

2021 yilgi mavsumni Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klubida boshlagan futbolchi yozda "Qizilqum" safiga kelib qo'shilgandi. Ikkinchi davrada Kenjaboev Superligada 14ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'zbekiston kubogida esa 2ta o'yinda 3ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia