

Bizga yetib kelgan gap-so'zlarga qarganda, bu jamoani Igor Shkvirin qabul qilib olishi kutilmoqda. Hozircha jamoani Hamid Aktamov boshqarib kelyapti.
"Qizilqum" 11-turdan so'ng oliy liga turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa shu paytgacha faqat ikki o'yinda g'alaba qozongan. Navoiyliklar uyda "Navbahor", safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etishdi.
Ma'lumot uchun, 2005-2007 yilgi mavsumlarda Shkvirin aynan shu jamoani boshqargan edi. 2007 yilgi chempionatda "Qizilqum" 7-o'rinni egallagan. Shundan so'ng Igor Anatolevich "Olmaliq"ni qabul qilib olgandi.




