Eshitdik-da! Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi faoliyatini yakunladi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2020
Kecha Farg'onaning "Istiqlol" klubi PRO liganing 7-turida "Oq-Tepa"ga (1:2) mag'lub bo'ldi.

Ushbu o'yindan so'ng farg'onaliklar bugun klub qarorgohida yig'ilib, rahbariyat jamoa a'zolarini klub faoliyatini to'xtatishga qaror qilgani bilan ogohlantirgan va futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, "Istiqlol" 7ta o'yindan keyin 9 ochko bilan 8ta klub orasida musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia