Eshitdik-da! "Dinamo" futbolchisi jamoani tark etdi

Tolibjon Qosimov
29 may 2024
Ayni paytda mamlakatimizda mavsum o'rtasiga yaqinlashib kelmoqda.

Oxirgi paytlarda ketma-ket duranglar girdobiga tushib qolgan Samarqandning "Dinamo" jamoasida yo'qotish bor. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Abramov jamoasini hujumkor yarim himoyachi Husniddin G'ofurov tark etgan. Futbolchi shu mavsum avvalida samarqandliklar tarkibiga kelib qo'shilgan va shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan edi. Shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilingan.

Eslatib o'tamiz, G'ofurov "Dinamo" tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 6ta o'yin o'tkazgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia