

2020 yil ushbu klubda o'ynagan futbolchilar 7 oy mobaynida oylik maosh olishmagan. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, jami qarzdorlik 1 milliard so'mdan oshib ketgan. 23 yanvar kuni O'FA tomonidan chiqarilgan qarorga ko'ra "Buxoro" klubi 1 mart sanasiga qadar futbolchilar oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etishi lozim edi. Biroq hozirgacha futbolchilarga qarzlari to'lab berilmagan.
Pro liganing yangi mavsumi boshlanishiga oz muddat qoldi. Agar qarzdorliklar bartaraf etilmagan "Buxoro" hatto Pro ligada ham ishtirok eta olmasligi mumkin.
Bugun O'FU rahbari Kamoliddin Murzoev shu masalada "Buxoro" klubi sobiq futbolchilari bilan videokonferenciya tashkil etdi. Futbolchilar hamon qarzlar yopilmaganini ma'lum qilishdi. O'FU tez orada bu muammo bartaraf etilishiga umid qiladi va bu borada futbolchilarga har qanday yordamni berishga tayyor.




