Eshitdik-da! "Bunyodkor"ni uch nafar yetakchisi tark etadi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023, 11:40
Uch nafar futbolchi "Bunyodkor" tarkibini tark etishi mumkin.

Tahririyatimizga ma'lum bo'lishicha, yangi rahbariyat kelishi ortidan yozgi transferlar oynasida Toshkentning "Bunedkor" klubini Shohruh Abdurahmonov, Donier Abdumannopov va Aleksey Nosko tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "qaldirg'ochlar" birinchi davradan keyin 16 ochko bilan 8-pog'onani band etib turibdi.  

Ma'lumot uchun, Nosko birinchi davrada 13ta o'yinning barchasida to'liq, o'zgarishlarsiz o'ynadi (1170 daqiqa). Abdumannopov 13ta o'yinda maydonga tushib (885 daqiqa), 1ta gol urdi va 2ta golli uzatma oshirdi. Abdurahmonov 10ta bahsda maydonga tushdi (813 daqiqa) va 1ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia