Eshitdik-da! "Bunyodkor" Ilyos Zeytullaev bilan "salomlashmay" xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024
Italiya A Seriyasida to'p tepgan va "Yuventus" safida maydonga tushgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi "Bunyodkor" futbol klubida ishlamaydi.

Avvalroq u "qaldirg'ochlar" murabbiylar shtabida ish boshlagani va Anvar G'ofurov bilan birgalikda ishlashi xabar qilingandi.

Championat.asia ma'lumotlariga qaraganda, Zeytullaev "qaldirg'ochlar" safiga endigina kelib qo'shilganiga qaramay, klubni tark etgan.

Ma'lumot o'rnida, "Bunyodkor" Superligada 2 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia