

O'zbek klublari allaqachon yangi mavsum uchun taraddud ko'rishni boshlab yuborishgan.
"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Navbahor" klubi sobiq ustozi Samvel Babayan yana futbolga qaytmoqda. Bizga ma'lum bo'lishicha, Babayan yangi mavsumdan Toshkentning "Lokomotiv" klubida ish boshlaydi. Lekin, hozircha u bosh murabbiy bo'ladimi yoki boshqa lavozimni egallaydimi bunisi noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayanning oxirgi ish joyi Namanganning "Navbahor" klubi bo'lgan. Samvel Babayan "Navbahor"da 2022 yil boshidan 2024 yil iyul oyiga qadar faoliyat olib bordi. Bu davr ichida Babayan 89 ta o'yinda ishlab 50 ta g'alaba, 23 ta durang va 16 ta mag'lubiyat qayd etdi.
"Navbahor" bilan O'zbekiston kubogi finaliga qadar yetib bordi va klubni Osiyo chempionlar ligasida 1/8 finalga olib chiqdi.




