

Arman klubi Dilshod Jo'raevni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi bilan muzokaralar o'tgan haftada boshlangan.

Ma'lum bo'lishicha, "Alashkert" 30 yoshli xavbekning xizmatlariga o'tgan yilning fevral oyida o'tkazilgan "Bunyodkor"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin qiziqib qolgan.
Ma'lumot uchun, Dilshod Jo'raev 2022 yilning dastlabki qismida "Bunyodkor", 2-davrada "Qizilqum" sharafini himoya qildi. Mavsum davomida 23ta rasmiy o'yin o'tkazgan tayanch yarim himoyachisi o'z hisobiga 4 gol, 1ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.



