“Ertangi kun sporti”. O'zbekiston - Turkmaniston 5:1

Narzulla Saydullayev
1 mar 2016, 13:44
Bugun, 1 mart kuni Toshkent shahrida “Ertangi kun sporti” (Sport for tomorrow) nomli futbol festivali boshlandi.

Musobaqada O'zbekiston, Turkmaniston, Eron va Yaponiya o'smirlar terma jamoalari ishtirok etishmoqda.  Birinchi o'yinda Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda vakillarimiz yirik g'alabaga erishishdi - 5:1.



Bugun soat 15:00da "Jar" zaxira stadionida Yaponiya va Eron o'rtasida o'yin bo'lib o'tadi.


O'zbekiston U16 - Turkmaniston U16 - 5:1

Gollar:
Alfayzi Ne'matov 30, Bahrom Soatov 55, Shuhrat Ne'matov 64, Abdunozir Abdurahmonov 76, Asadbek Sobirjonov 68 - Meylis Xoshmiradov 76 penalti.
 
Amalga oshirilmagan penalti: Abubakir Mo'ydinov 43 (noaniq)

O'zbekiston U16:
12.Jasurbek Umrzoqov (1.Xojiakbar Jo'raev, 80), 3.Shoxzamon Xayrullaev, 4.Ixtiyor Xoldorov, 7.Oston O'runov, 8.Valeriy Akopov (36.Shuhrat Ne'matov, 30) (6.Mardon Abdullaev, 69), 9.Bahrom Soatov (23.G'ayrat Azizxo'jaev, 76), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Asadbek Sobirjonov (14.Ibrohim G'anixonov, 80), 16.Alfayzi Ne'matov (32.Abdunozir Abdurahmonov, 57) , 17.Abubakir Mo'ydinov, 19.Islom Karimov.

Turkmaniston U16: 1.Botir Gayliev, 8.Botir Tachnazarov, 7.Seyran Berdinazarov, 4.Roman Galkin, 11.Meylis Xoshmiradov, 5.Mirza Beknazarov, 14.Ahmat Gurbanov, 2.Sahetmurad Rejebov, 12.Gurbanmamet Guliev, 15.Umut Nazarov, 18.Atamurot Ramazonov.
Zaxiradan tushganlar: 16.Denis Ikonnikov, 3.Garli Garliev, 9.Xakmurat Annabayramov, 13.Meylis Diniev, 6.Ezizxan Keshayev.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sentyabr oyida Hindiston mamlakatida bo'lib o'tadigan U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia