Ertaga U-23 Osiyo chempionati saralashidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
20 mar 2019, 12:24
22-26 mart kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tishi haqida xabaringiz bor.

Mazkur saralash o'yinlarida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston va Tojikiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ertaga uchta terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Matbuot anjumani soat 14:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Barcha turdagi OAV xodimlarini mazkur tadbirga taklif etamiz. Matbuot anjumanidan keyin jurnalistlarga musobaqa uchun akkreditatsiyalar taqdim qilinadi.

E'tiboringizga Toshkentda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarining taqvimini havola qilamiz: 

 

"F" guruhi 

22 mart, soat 17:00

O'zbekiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)

 

24 mart, 17:00

Tojikiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)

  

26 marta, 17:00

O'zbekiston - Tojikiston ("Paxtakor" stadioni)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz