Ertaga U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2019, 17:10
Bilasiz, joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan saralashning “B” guruhida Hindiston, O'zbekiston, Bahrayn va Turkmaniston o'smirlar terma jamoasi yo'llanma uchun bahs olib borishadi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi ilk uchrashuvini 18 sentyabr kuni soat 16:00da “Jar” stadionida Bahraynga qarshi o'tkazadi.

Ertaga, 17 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida musobaqa oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi. Ishtirokchi terma jamoalar bosh murabbiylari qatnashadigan mazkur matbuot anjumani soat 11:30da boshlanadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur marosimga taklif etamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz