Ertaga faqat g'alaba kerak, aks holda...

Nadirkhuja Yuldashev
11 okt 2013
Xabaringiz bor, Qatar, Iordaniya, Iroq, Eron, Falastin, Gonkong, Indoneziya, Tayland va Xitoy davlatlarida, yoshlar o'rtasida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun saralash o'yinlari bo'lib o'tayapti.
4 oktyabr kuni boshlangan o'yinlar ertaga o'z nihoyasiga etadi. Ayni paytga kelib Ummon yoshlar terma jamoasi 6 ochko bilan guruhda maksimal ochko to'plagan holda qita chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "E" guruhida ishtirok etishi lozim bo'lgan Suriya yoshlari musobaqada qatnasha olmaganliklari sababli, bu gururhda yo'llanma taqdiri uch terma jamoa orasida hal qilindi.

Mo'g'iliston ham saralashdan bosh tortgani uchun, "F" guruhi o'yinlari ham erta tugadi. Natijada Vetnam (!) Avstraliya ustidan, yirik 5:1 hisobida g'alaba qozonganligi uchun Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Guruh g'oliblaridan tashqari eng yaxshi ikkinchi o'rin natijasini ko'rsatgan 6ta terma jamoa ham musobaqa yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Bunday vaziyatda 5ta jamoa to'plangan guruhdagi eng so'nggi jamoa ishtiroki olib tashlanishi lozim. Ammo "E" guruhida Suriya yoshlar terma jamoasini ishtirok etmasligi bois, endi guruhda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoaga qarshi o'yinlarning natijalari ham bekor qilinadi.

Ayni paytda Avstraliya terma jamoasi "eng yaxshilar" ichida birinchi o'rinni egallab turibdi. Avstraliya Gonkongni 7:0 hisobda mag'lub etib, 5:1 hisobda Vetnamga imkoniyatni boy bergan. Guruhda Mo'g'iliston ishtirok etmagan 4-jamoa Xitoy Taypeining natijasi bekor qilingan. Ikkita o'yin, +3 ko'rsatgichi bilan uch ochko. Bugungi kun holatida O'zbekiston ikkinchi o'rinda. Nepal bilan hisob bekor bo'lgan. 3-o'rinda turganligi bois Hindiston bilan natija inobatga olinib turibdi. So'nggi turda hindlar Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Agar mazkur uchrashuvda Turkmaniston g'alaba qozonadigan bo'lsa, o'z-o'zidan uchinchi o'ringa ko'tariladi va bizning +3 ko'rsatgichimiz +1ga aylanadi. Shu boisdan Qatar bilan bo'lib o'tadigan o'yinda kamida durang natija qayd etishimiz lozim bo'ladi. Aslida g'alaba qozonishimz kerak, ammo Qatar juda kuchli yoshlarga ega jamoa va mezbon ekanligini unutmaslik lozim. Har qanday mag'lubiyat to'plar nisbatimizni minusga kiritib yuboradi bu esa taqdirimizni boshqa guruh natijalariga bog'lab qo'yadi.

Reyting borasida Yaman va Bangladesh terma jamoalari o'z o'yinlarini o'ynab bo'lganlar. Bangladeshda - 5, Yamanda 0. 1ta o'yinga ega Falastin terma jamoasi - 1 natijasi bilan turibdi. Guruhdagi so'nggi o'yin Bahraynga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu guruhda 3ta terma jamoa qolgan va Bahraynning yirik hisobdagi g'alabasi terma jamoaga qita chempionati yo'llanmasini taqdim etishi mumkin.




Jamoalar
O'
G'
D
M
UG
O'G
+/-
O
Avstarliya
210185+33
O'zbekiston
110030+33
Tayland
110030+33
Xitoy
110031+23
Indoneziya
110020+23
Saudiya Arabistoni
110021+13
Yaman
21013303
Bangladesh
210116−53
Falastin
100101−10


Nodirxo'ja Yuldashev

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia