Ertaga “Cementchi” “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi

27 dek 2017, 13:41
Yangi mavsumdan Super ligada ishtirok etadigan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi ertaga ilk nazorat uchrashuvini viloyatning yana bir vakili “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu nazorat uchrashuvidan so'ng jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning 1-bosqichini yakunlaydi va yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga kichik tatil beriladi.
Jamoa a'zolari ikkinchi yig'inni tatildan so'ng katta extimol bilan Toshkent shahrida davom etdirishni rejalashtirgan.


“Cementchi” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi ertaga 28-dekabr soat 11:00 da Qo'qon shahrining markaziy o'yingoxida o'tkaziladi.

“Cementchi” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia