

Eron terma jamoasi futbolchisi jamoasini almashtirdi.
31 yoshli futbolchi Kiprning "Apoel" klubi bilan bir yillik bitmga imzo chekdi. "Guchchi" laqabli futbolchi bungacha Gollandiyaning Xerenven" jamoasi sharafini himoya qilgan. Ushbu jamoa safida 67 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
JCH-2018dan so'ng, hujumchi terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgandi. Uning yangi jamoasi "Apoel" Kiprning 27 karra chempioni, 21 karra mamlakat Kubogi va 13 karra Superkubogi sohibi hisoblanadi.



