Eron – O'zbekiston uchrashuvi hakami biz uchun qanchalik omadli?

Tolibjon Qosimov
11 iyun 2017, 09:10
JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O'zbekiston terma jamoasi safarda Eronga qarshi bahs olib boradi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bo'lajak o'yinga ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kafni bosh hakam etib tayinlagan. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha oficer – Tara Singx (Malayziya).

Ahmad Al Kaf bugungi kunga qadar O'zbekiston jamoalari ishtirokidagi uchta o'yinda faoliyat olib borgan.

2016 yil bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston olimpiyachilari Iroqqa 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan bahsda aynan shu hakam ishlagan.

O'sha yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Al Jayish" - "Nasaf" uchrashuvini ham Al Kaf boshqarib borgan. O'sha o'yinda Sardor Rashidov gol urib "Nasaf"ni mag'lub etgandi - 1:0.

Nihoyat 2017 OCHL 1-turidan o'rin olgan, ummonlik mana shu hakam boshqargan "Al Taavon" - "Lokomotiv" o'yinida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgan.


JCH-2018 saralashi. 3-bosqich. 8-tur
ERON – O'ZBEKISTON
12 iyun 2017. Tehron. “Ozodi” stadioni. 21:45 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Ahmad al-Kaf, Hamid Al Mahayi, Abu Bakar Al Amri, Umar Al Yoqubiy (Ummon)
Nazoratchi: Subhiddin Muhammad Solih (Malayziya)
Komissar: Kaise Tomoxiro (Yaponiya)


Ma'lumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia