

Karlos Keyrush boshchiligidagi forslar 22 sentyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahriga yetib bordi. Bu yerdagi yig'inda faqat Eron pro ligasida o'ynayotgan futbolchilar ishtirok etishmoqda.
Erevandagi yig'in 1 oktyabrga qadar davom etadi. Terma jamoa legionerlari 3 oktyabr kuni yig'inga qo'shilishadi.
Eron terma jamoasi 6 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston bilan o'ynaydi.








